» » Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni Ket! deya kutib oldi. Lukashenko: Ket deb baqiraveringlar, dedi va ketdi

Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni Ket! deya kutib oldi. Lukashenko: Ket deb baqiraveringlar, dedi va ketdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17-avgust kuni tongda Minskdagi Gildirakli shatakchilar zavodi (MZKT) ishchilari oldida chiqish qildi. Korxona xodimlari prezidentni Ket! va Qoyib yubor! deya hayqirib kutib oldi. Buni Belarus muxolifatining Nexta Live Telegram-kanalida korish mumkin.

Rahmat, dedi Lukashenko, korxona ishchilari oldida ikkita harbiy shatakchining ustida turarkan. Bu savolingizga ham javob beraman: yana baqirishingiz mumkin.

Meduzaning yozishicha, Lukashenko zavodga vertolyotda uchib kelgan. Tut.byning xabar berishicha, dastlab Belarus prezidenti korxona sexlarining birida maxsus saralab olingan odamlar oldida chiqish qilgan. Bu vaqtda boshqa ishchilar Lukashenkoni tashqarida, boshqa bir maydonchada kutib turgan.

Zavod xodimlari bilan muloqot vaqtida Lukashenko Belarusda hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy ozgarishlar ustida ish olib borilayotganini aytgan. Lukashenkoning takidlashicha, u prezidentlik vakolatlari bilan bolishishga tayyor, faqat bu bosim ostida va kocha orqali bolmasligi kerak.

Lukashenkoning malum qilishicha, Belarusda yangi prezident saylovi otkazilmaydi. Meni oldirmaguningizgacha, yangi saylovlar bolmaydi, deya Lukashenkoning sozlaridan iqtibos keltirmoqda Tut.by.

Aleksandr Lukashenkoning MZKTdagi chiqishi oldidan boshqa sanoat korxonalarining ishchilari zavod hududiga marsh yurib kelgan. Norozilik karvoni ishtirokchilari Ket! deb hayqirib turgan.

Belarusda 9-avgustdan beri prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bolib otmoqda u oltinchi prezidentlik muddatiga oz nomzodini qoygan va, Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki malumotlariga kora, saylovda yana galaba qozongan.

Norozilik namoyishlari mamlakatning yirik sanoat korxonalari hududlarida ham bolib otmoqda (ish tashlashlar boshlangan). 16-avgust kuni poytaxt Minskda mamlakat tarixidagi eng yirik miting bolib otdi malumotlarga kora, unda 200 ming kishi qatnashgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (17-08-2020, 15:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -