» » Britaniyada it kattaligidagi ulkan mushukni ko‘rishdi (video)

Britaniyada it kattaligidagi ulkan mushukni ko‘rishdi (video)


Britaniyada tarqalgan bu videoda o‘rtacha it kattaligidagi yovvoyi mushuk tasvirlangan, deb xabar beradi Daily Mail.

Kembrijshir grafligida yashovchi Den Andervud Kembrij markazidagi istirohat bog‘ida aylanib yurganida mushukni ko‘rgan va videoga olgan.

Kadrda jigarrang va qora yo‘l-yo‘l tusli yovvoyi hayvonni ko‘rish mumkin.

“U o‘rtacha it kattaligida, ozg‘in va harakatchan edi. To‘q rangli dog‘lari bor. Uning uchli quloqlari oddiy mushuknikidan ancha katta”, – deydi video muallifi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jonivorda bo‘yinbog‘ yo‘q edi. U shunchaki shu atrofdan o‘tib, bir soniyaga to‘xtagan, keyin yurishda davom etib, g‘oyib bo‘lgan.

Video muallifi bu serval va uy mushugining avlodi ekanini taxmin qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют