» » “Manchester Yunayted” futbolchilari Brunu Fernandesh va Viktor Lindelyof “Sevilya”ga qarshi bahsda janjallashib ketdi (video)

“Manchester Yunayted” futbolchilari Brunu Fernandesh va Viktor Lindelyof “Sevilya”ga qarshi bahsda janjallashib ketdi (video)


“Manchester Yunayted” futbolchilari Viktor Lindelyof va Brunu Fernandesh Yevropa Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda (1:2) o‘zaro tortishib qoldi.

O‘yinning 78-daqiqada “Sevilya” manchesterliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritgach, futbolchilar o‘tkazib yuborilgan gol uchun kim aybdor ekanini baland ovozda muhokama qilishga tushib ketdi. O‘yindan so‘ng Brunu ushbu holatga izoh berdi.

Mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin hammaning jahli chiqqani tabiiy. Ayb menda yoki Viktorda emas. O‘rtamizda sodir bo‘lgan hodisa normal holatdir. Futbolda bunday holatlar muntazam ravishda bo‘lib turadi. Xato ustiga xatolar bo‘ldi. Butun jamoa aybdor. Biz xatolarimizni tahlil qilib, keyin dam olishimiz zarur. Albatta, finalga chiqa olmaganimizdan judayam xafamiz.

Brunu Fernandesh, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi

Shu tariqa “Manchester Yunayted” ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Yevropa Ligasidagi ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi. Ispan klubi esa final bahsida “Inter” va “Shaxtyor” uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Tavsiya: Bekhemdan Ronaldugacha. “Manchester Yunayted” futbolchilarining jarima zarbasidan urgan top-10 goli

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют