» » AQShda 62 yil birga yashagan er-xotin bir kunda koronavirusdan vafot etdi

AQShda 62 yil birga yashagan er-xotin bir kunda koronavirusdan vafot etdi


Turmush qurganiga 62 yil bo‘lgan amerikalik er-xotin koronavirus infeksiyasini yuqtirib, bir kunda vafot etdi. Bu haqda People xabar berdi.

Aprel oyi o‘rtalarida, Amerikaning Nyu-Jersi shtatida yashovchi er-xotin – 85 yoshli Lourens Freda va 83 yoshli Viktoriya koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. 22-aprel kuni ularning o‘g‘li Jon shu kasallikdan vafot etadi. Ikki kun o‘tib, bir necha soat farq bilan, er-xotin ham kasalxonada olamdan o‘tdi.

Yaqin qarindoshlarining aytishicha, bu ikki keksa nafaqaxo‘r hayotda hecham bir-biridan ajralmagan.

“Lourens uchun eng katta huzur Viktoriyaga g‘amxo‘rlik qilish va u bilan vaqt o‘tkazish edi”, – deydi marhum erkakni taniganlar.

Er-xotinning yana ikki o‘g‘li va olti nevarasi bor. Lourens va Viktoriyaning vafotidan so‘ng ular dafn marosimini munosib o‘tkazish uchun xayriya yig‘ini tashkil etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют