» » Farg‘onada tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi

Farg‘onada tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi


Farg‘ona viloyatida tez yordam xodimlarini urib, ularga tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 3-avgust kuni Oltiariq tumani “Katput” MFY Binokor ko‘chasi 5-uyga chaqiruvga borgan tez yordam xodimlari mazkur ko‘chaning kirish qismida fuqarolar M.Q. va B.M.ning o‘zaro janjallashib turganiga guvoh bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlari janjal oqibatida jarohatlangan B.M.ga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida to‘xtagan. Shu vaqtda M.Q. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovchi B.P. va hamshira O.P.ni qo‘li bilan urib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют