» » Huawei AKT sohasidagi “Honor Cup 2020" Yevrosiyo tanlovini e’lon qildi

Huawei AKT sohasidagi “Honor Cup 2020" Yevrosiyo tanlovini e’lon qildi


Huawei kompaniyasi AKT sohasidagi “Honor Cup 2020” Yevrosiyo tanlovining boshlaganini e’lon qildi. Honor Cup – bu AKT sohasida faol rivojlanayotgan iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish va talabalarning mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan yaratilgan ta’lim loyihasi.  O‘tgan yili tanlovda 1000 ga yaqin universitetlardan 15000 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan. Bu yil tanlov 1-avgustdan 4-dekabrgacha davom etadi.

Honor Cup oltinchi marotaba o‘z ishtirokchilarga bilimlarini sinab ko‘rish, malakalarini oshirish, shuningdek Huawei kompaniyasidan imtiyozlar va sovg‘alar olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Tanlovga Rossiya, Belarusiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Gruziya va Ozarbayjondan 2020-yilning oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining 18 yoshdan oshgan talabalari, aspirantlari va muassasalar bitiruvchilari taklif etiladi.

O‘zining Yevrosiyo mintaqasidagi 20 yildan ortiq faoliyati davomida Huawei kompaniyasi har doim o‘zi ish olib borayotgan mamlakatga ko‘proq foyda keltirish qoidasiga amal qilib keldi. Shuningdek, “O‘zbekistonda, O‘zbekiston manfaati uchun” konsepsiyasiga va mahalliylashtirish tamoyiliga amal qilgan holda, kompaniya O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun AKT sohasida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishga intilmoqda.

Yevrosiyo mintaqasidagi Huawei kompaniyasining vitse-prezidenti U Say shunday dedi: “Honor Cup’ning asosiy maqsadi – ishtirokchilarni mustaqil ravishda o‘rganishga, keyinchalik o‘zlari innovatsion loyihalarda qo‘llashlari mumkin bo‘lgan yangi bilim va malakalarni egallashlariga qiziqtirish. Biz kadrlar tayyorlash Yevrosiyoda yagona raqamli hamjamiyatni barpo etishdagi eng muhim elementlardan biri deb hisoblaymiz. Honor Cup singari ko‘rik-tanlovlar yordamida biz iste’dodli mutaxassislarga nafaqat jahon darajasidagi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishlari, balki ularning bu mintaqadagi har bir mamlakatning raqamli kelajagini qo‘llab-quvvatlaydigan innovatsion yechimlarni yaratishlari uchun imkoniyat berishga intilamiz”.

Huawei kompaniyasi tanlovga tayyorgarlik ko‘rishda, AKTning hozirgi vaqtda eng dolzarb va eng ko‘p talabga ega bo‘lgan barcha yo‘nalishlarini qamrab olishga intilmoqda. Shuning uchun nominatsiyalar ro‘yxati har yili o‘zgarib turadi. Bu yil ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

5G (yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari) – nominatsiya ishtirokchilarning so‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mobil aloqa sohasidagi bilimlarini sinab ko‘rish uchun o‘tkaziladi.

Cloud (saqlash and virtualizatsiya texnologiyalari) – nominatsiya ishtirokchilarning bulutli hisoblash, bulutli xizmatlar, katta ma’lumotlar va omborlar sohasidagi bilimlarini sinab ko‘rish uchun o‘tkaziladi.

APP (mobil ilovalarni ishlab chiqish) – nominatsiya mobil ilovalar dasturchilarining ijodkorlikka va o‘z professionalligini oshirishga intilishlarini rag‘batlantirish uchun o‘tkaziladi.

HCIE (Huaweining eng yuqori darajadagi texnik sertifikati) – 2020-yilda HCIE sertifikatlashdan o‘tadigan IT mutaxassislari uchun o‘tkaziladi.

IP (IP tarmoqlari texnologiyalari va protokollari) – nominatsiya ishtirokchilarning bugungi kunda har qanday axborot turini uzatish uchun asos hisoblanadigan IP texnologiyalari va IP tarmoqlaridagi o‘zaro bog‘liq protokollar sohasidagi bilimlarini sinab ko‘rish va rivojlantirish uchun o‘tkaziladi.

AI (Sun’iy intellekt modellari va usullari) – nominatsiya ishtirokchilarning so‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doirasida keskin rivojlanishi kuzatilayotgan sun’iy intellekt bilan bog‘liq texnologiyalar va yechimlar sohasidagi bilimlarini sinab ko‘rish uchun o‘tkaziladi.

Code (Sportga oid dasturlash) – nominatsiya ishtirokchilarning algoritmlar, ma’lumotlar tuzilmalari bo‘yicha bilimlarini va ulardan amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish ko‘nikmalarini baholash uchun o‘tkaziladi.

Maxsus ICT Observer (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sharhlovchi) nominatsiyasi doirasida ishtirokchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishi borasidagi o‘zlarining qarashlari bilan matn va video formatlarida o‘rtoqlashish taklif etiladi.

Tanlov topshiriqlariga qo‘shimcha ravishda, “Honor Cup 2020” ning barcha ishtirokchilari AKT’ning eng ko‘p talabga ega yo‘nalishlari – mobil aloqa texnologiyalari, serverlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bulutli yechimlar, IP texnologiyalari va IP tarmoqlaridagi o‘zaro bog‘liq protokollar, sun’iy intellekt metodlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha Huawei mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv video-ma’ruzalari taqdim etiladigan bepul onlayn-maktabga kirish imkoniyati beriladi. Vebinarlar Huawei kompaniyasi bugungi kunda ish olib borayotgan yangi keyslar va amaliy texnologiyalar borasida talabalar va bitiruvchilarning bilimlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan va ular ishtirokchilarga tanlovga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.

Musobaqaning final bosqichi 4-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Finalchilarga Huawei kompaniyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Honor Cup’ning saralash bosqichlarida Yevrosiyo mamlakatlarining turli burchaklaridan kelgan 15000 dan ortiq talabalar va yosh diplomli mutaxassislar ishtirok etishdi. 80 dan ortiq ishtirokchilar barcha saralash vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olishdi va Moskvada bo‘lib o‘tgan “Honor Cup 2019” finalida hal qiluvchi sinov uchun uchrashishdi.

Ko‘rik-tanlov xalqaro darajada bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda, ishtirokchilar rus tilini yaxshi bilishlari shart. Tanlovning o‘tkazilish qoidalari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan Huawei Uzbekistan telegram kanalida tanishib chiqish va ishtirok etish uchun honorcup.ru rasmiy saytida ariza berish mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют