» » Sirdaryoda Nexia velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Sirdaryoda Nexia velosipedchini urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida Nexia haydovchisi velosipedchini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 15-avgust kuni soat 10:20 larda Yangiyer shahri hududidan o‘tgan 4R-196A avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan. Nexia mashinasini haydab ketayotgan Sh.A. o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro N.G‘.ni urib yuborgan.

Oqibatda N.G‘. olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasidan voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Namangan shahrining markaziy ko‘chalaridan haydovchi va piyodalarni hushyorlikka chorlovchi targ‘ibot avtokarvoni aylangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют