» » Birinchi yordam: Homiladorlik davrida tomoq og‘rig‘ini bartaraf etuvchi xavfsiz choralar

Birinchi yordam: Homiladorlik davrida tomoq og‘rig‘ini bartaraf etuvchi xavfsiz choralar


Homiladorlik davrida yo‘tal va tomoq og‘rig‘i paydo bo‘lsa, iste’mol qilingan muzqaymoq yoki muzdek sharbat haqida o‘ylab o‘tirishdan foyda yo‘q. Zudlik bilan kasallikni bartaraf etish ishlarini boshlash kerak.

Farzand kutayotgan onalar uchun eng birinchi maslahat, shamollab qolganda darhol shifokor ko‘rigiga borish zarur. Yo‘talning kuchayishi yoki bronxit kabi kasallikning jiddiylashishini kutib, vaziyatni og‘irlashtirish farzand hayoti uchun xavf tug‘diradi. Organizmda yuz berayotgan asoratlarga ko‘ra tavsiya etiladigan dori vositalarni qabul qilish lozim.

Shifokorning tavsiyasisiz o‘zboshimchalik bilan dorixonadan dori sotib olishga shoshilmagan ma’qul.  Bunday vaqtda faqatgina yalpiz ta’mli og‘riq qoldiruvchi ledenslar (shimiluvchi tabletkalar)ni qo‘llash mumkin. Bundan boshqa barcha dori vositalari – tabletka, sirop, spreylardan foydalanishni to‘xtatish zarur, garchi homiladorlik davrigacha unumli foydalanilgan bo‘lsa ham. Ma’lumki, bu davrda juda ko‘p narsa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ona va bolaga zarar bermaslik uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

Xo‘sh, homiladorlik davrida dori vostilarisiz, tabiiy uy sharoitida qanday qilib tomoq og‘rig‘ini davolash mumkin, degan savol paydo bo‘lgandir. Buning uchun xalq tabobatiga murojaat qilgan yaxshi.

Moychechak. Og‘izni chayish uchun moychechak o‘tidan tayyorlangan damlama yordam beradi. Ushbu giyohni hamma dorixonlardan topish mumkin. Tomoq og‘rig‘i muntazam yoki allergik kasallik bo‘lmasa, uning yengil shaklida yallig‘lanishning oldini oladi va tomoq og‘rig‘ini bartaraf etadi.

Asal. Samarali xalq tabobatining eng noyob mahsuloti. Bir stakan iliq sutga asal solib ichiladi yoki 500 ml suvga ichimlik sodasi va bir choy qoshiq asal solib, tomoq kun mobaynida 3-4 marta chayiladi.

Limon sharbati va asal. Idishga bir choy qoshiq asal, yarimta limon va qaynagan suv solib ichiladi.

Issiq ichimliklar. Sut, asal va sariyog‘ yaxshilab aralashtiriladi yoki turli giyohlardan tayyorlangan issiq choyni rezavor mevalar murabbosi bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Bu ona va bolani o‘zini yaxshi his qilishida yordam beradi. Lekin xantal plastinkalaridan foydalanishdan avval, albatta, mutaxassislardan kerakli ma’lumotlarni olgan afzal.

Homiladorlik davrida tomoq og‘rig‘i va yallig‘lanishning xavfsiz holda davolash uslubi shundan iborat. Ammo iloji boricha bo‘lajak onalar o‘zlarini asrashi va betoblangan vaqtda ham ikki kishini hayotini xavfga qo‘ymaslik uchun ham shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi muhim.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют