» » Vensan Kompani futbolchilik faoliyatini yakunlab, “Anderlext” klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

Vensan Kompani futbolchilik faoliyatini yakunlab, “Anderlext” klubiga bosh murabbiy bo‘ldi


“Manchester Siti” sobiq himoyachisi Vensan Kompani futbolchilik faoliyatini yakunladi va Belgiyaning “Anderlext” klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Men murabbiylik ishimga to‘liq kirishmoqchiman va bunga 100 foiz vaqtimni ajratmoqchiman. Shu sababli futbolchilik faoliyatimni yakunladim. Bizning maqsadimiz va g‘alabaga tashnaligimiz avvalgidek bo‘lib qolaveradi. Men kamida to‘rt mavsum klubda qolishni va ”Anderlext”ning zamonaviy futbolda yaxshi natijalar qayd eta olishini isbotlamoqchiman”, — deydi Kompani.

Avvalroq Kompani “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, belgiyalik sobiq futbolchi “Anderlext” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Belgiya klubida debyutini 17 yoshida o‘tkazgan. 2006-yilda uni “Hamburg” o‘z safiga qo‘shib oladi. 2008-yilda esa “Manchester Siti”ga o‘tib, 11 yil davomida ingliz klubi sharafini himoya qilgan.

Ushbu qarorga kelguniga qadar Kompani “Anderlext”da o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют