» » Mirobodda tormozi ishlamay qolgan avtokran Mazda’ga urilib, Spark va Nexia ustiga yiqildi (video)

Mirobodda tormozi ishlamay qolgan avtokran Mazda’ga urilib, Spark va Nexia ustiga yiqildi (video)


Toshkent shahar Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tomoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli avtokran uchta yengil avtomobilga zara yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14-avgust, juma kuni, taxminan, soat 18:30 da Farg‘ona yo‘li va Jarqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida 28 yoshli M.A. “MAZ” rusumli avtokranni boshqarish davomida 57 yoshli H.J. boshqaruvidagi yo‘l chetida nosozlik sababli to‘xtab turgan Mazda avtomobiliga to‘qnashgan. Avtokran haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, YTHga tormoz tizimining ishdan chiqqanligi sabab bo‘lgan.

Inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirgan avtokran ag‘darilib, svetoforning taqiqlovchi belgisi ostida to‘xtab turgan 34 yoshli S.A.ning Spark avtomobili va 52 yoshli B.X.ning Nexia avtomobili ustiga yiqilgan.

YTH natijasida Mazda avtomobili yo‘lovchisi 23 yoshli S.Yu. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют