» » Abdulla Aripovning Buxoroga safari ortidan viloyat hokimi haqida ziddiyatli xabarlar tarqaldi. Hokim komada ekani aytilmoqda

Abdulla Aripovning Buxoroga safari ortidan viloyat hokimi haqida ziddiyatli xabarlar tarqaldi. Hokim komada ekani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda 17-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Buxoro viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda birinchilardan bo‘lib, soat 16:46 da Bukhara Info! kanali xabar tarqatdi. “Bosh vazir Buxoroga tashrif buyurdi. Ayni damda selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda”, deyiladi Bukhara News kanalining 16:56 dagi xabarida. “Mish-mishlarga ko‘ra, yangi mansabdor shaxsning tayinlanishi kutilmoqda”, — deb yozdi 17:40 da bosh vazirning Buxoroga kelgani haqida xabar bergan “Podslushano v Buxare” kanali.

Bosh vazir matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Abdulla Aripov 17-avgust kuni haqiqatan ham Buxoro viloyatida bo‘lib qaytgan. Buxoro viloyati hokimligidan “Daryo”ga bildirishlaricha, bosh vazirning tashrifi viloyat hokimining ahvoli bilan bog‘liq emas — hukumat rahbari bu yerda qishloq xo‘jaligi masalasida yig‘ilish o‘tkazib, qaytib ketgan.

Bosh vazirning Buxoroga borgani haqidagi xabarlar ortidan, soat taxminan 17:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov haqida ziddiyatli xabarlar tarqala boshladi. 18:34 da “Xabar.uz” o‘z manbalariga asoslanib Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabar berdi. Xuddi shu vaqtda UZ24 sayti “ishonchli manbalar”ga asoslanib viloyat rahbari davolanishni davom ettirayotgani, uning holatini mutaxassislar nazorat qilib turganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Buxoro yangiliklarini yoritib boruvchi saytlar Karim Kamolovning vafoti haqida yoza boshladi.

Bu orada Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev hokimning oila a’zolariga asoslanib, “Karim Jamolovich Kamolovning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on”ligi, uning oila a’zolari Qudratxo‘jayevdan “jurnalistlar va blogerlar feyk xabar tarqatmaslikni so‘ragani”ni ma’lum qildi. 19:44 da esa Bukhara News kanali viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevga asoslanib, “Karim Kamolovning ahvoli juda og‘ir, koma holatida” ekani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda, kanal hokimning uyi atrofi tezkorlik bilan asfalt qilinayotgani, Hazrat Imom qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganini yozgan.

Soat 20:03 da Buxoro viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berdi. Hokimlik matbuot xizmati Karim Kamolovning vafoti haqidagi gap-so‘zlar “hech qanday asosga ega emas”ligini ta’kidlab, viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanayotgani, uning salomatligi malakali mutaxassislar nazoratida ekanini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют