» » 31 yoshli Marat Bikmayev OChLda O‘zbekiston klubi uchun xet-trik qilgan uchinchi futbolchi

31 yoshli Marat Bikmayev OChLda O‘zbekiston klubi uchun xet-trik qilgan uchinchi futbolchi


Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p surayotgan 31 yoshli Marat Bikmayev Osiyo Chempionlar ligasida xet-trik qayd etdi. “Championat.asia” nashrining qayd etishicha, bunga qadar “Paxtakor” va “Bunyodkor” klubining bittadan vakili ham bunga erishgan.

OChL guruh bosqichining 5-turida “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “At-Taavun” klubi bilan 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur bellashuvda Marat Bikmayev uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

2008-yilgi mavsumda chililik hujumchi Xose Luis Vilyanueva xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. “Bunyodkor” safida Eronning “Saypa” klubiga qarshi maydonga tushgan hujumchi 9, 18 va 52-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirgan. Bellashuv “qaldirg‘ochlar”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.

“Saypa”ga qarshi o‘yinda “Bunyodkor” safida to‘p surgan Timur Kapadze oradan 9 yil o‘tib “Lokomotiv” libosida ko‘rinish berdi va Marat Bikmayevning xet-trigini nishonlashda ishtirok etdi.

2010-yilgi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi sardori Odil Ahmedovga OChLda 3 ta gol urish nasib qilgan. Amirliklarning “Al-Ayn” klubiga qarshi bellashuv Toshkent klubining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lib, Ahmedov birinchi bo‘limning o‘zidayoq uch gol urib ulgurgandi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 2016-yilgi mavsum to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqovni Qatar klubiga qo‘yib yuborgach, Marat Bikmayev “temiryo‘lchilar”ning asosiy hujumchisi bo‘lib oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oliy liganing dastlabki olti o‘yinida 7 ta gol urdi. Jumladan, “Nasaf” va “Paxtakor”ga qarshi o‘yinlarda Bikmayev dubl qayd etdi.

OChLning Toshkentda o‘tgan uch o‘yinida ham Bikmayev gol urdi. Eron va Amirlik klublari darvozasiga bir martadan yo‘l topgan Marat, Saudiya jamoasini uch bor ranjitishga erishdi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют