» » Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin saylovlar qayta o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi

Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin saylovlar qayta o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi


Belarusda yangi konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tganidan keyin prezidentlik saylovlari qayta o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda amadagi prezident Aleksandr Lukashenko ma’lum qilgan, deb yozmoqda Sputnik Belarus.

“Gap bunday yigitlar. Biz siz istaganingiz, ya’ni yangi konstitutsiyani qabul qilishimiz kerak, muqobil qarorni qo‘llab-quvvatlaganlar ham bunga qarshi emas. Ehtimol, parlament, prezidentlik va mahalliy kengashlarga saylovlar ham qaytadan o‘tkazilar”, — degan Lukashenko Minskdagi g‘ildirakli shatakchilar zavodidagi uchrashuvda.

Mavzuga doir: Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi

Muxolifatning ommaviy norozilik namoyishlari 9-avgustda prezident saylovlaridan keyin boshlangan, ularda MSK ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plagan va g‘alaba qozongan.

Namoyishlarning dastlabki kunlari kuchishlatar tizim vakillari tomonidan fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari kuzatilgan, odamlarga qarata ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, vodomyotlar va rezina o‘qlar otilgan. Keyinchalik militsiya va harbiylarning ushbu zo‘ravonliklari ancha kamaygan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar boshlangan dastlabki kunlarda 6,7 ming nafardan ziyod odam qamoqqa olingan. Belarus IIVning xabar qilishicha, tartibsizliklar oqibatida yuzlab odamlar jarohatlangan, huquq tartibot organlari xodimlarining 120 nafarga yaqiniga shikast yetgan, bir nafar xodim halok bo‘lgan.

Avval Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini bergani va Kremldan Belarusning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘ragani xabar qilingandi. Undan oldin internetda Belarus tomon Rossiya Milliy gvardiyasining o‘nlab harbiy texnikalari harakatlanayotgani haqida videolar tarqalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют