» » Toshkent shahrida jamoat transportining bir kunda ishga tushirilgani ijtimoiy masofa bilan bog‘liq bo‘lgani aytildi

Toshkent shahrida jamoat transportining bir kunda ishga tushirilgani ijtimoiy masofa bilan bog‘liq bo‘lgani aytildi


15-avgustdan e’tiboran Toshkent shahrida jamoat transportining bir kunda ishga tushirilgani ijtimoiy masofani ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev aytib o‘tdi.

“Yo‘lovchilar jamoat transportidan foydalanganda tibbiy niqobda bo‘lishi shart. Ularning ijtimoiy masofani saqlashlarini ta’minlash uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jamoat transportlarining barcha turlari bir kunda ishga tushirilgan. Bunda yo‘lovchilar oqimi teng taqsimlanishi ta’minlandi”, — deydi Jo‘rayev.

Mavzuga doir: Toshkent metrosi 5 oylik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi (foto)

Hozirgi kunda 149 ta avtobus yo‘nalishida 1100 dan ortiq avtobus, 97 ta mikroavtobus yo‘nalishida 900 tadan ortiq mikroavtobus, metropolitenda 3 ta yo‘nalish: “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” yo‘nalishlari ishlamoqda.

Aholi orasida infeksiya tarqalishining imkon qadar oldini olish uchun avtobuslar avtobus saroyidan chiqishida salonlarini dezinfeksiyadan o‘tkazish, haydovchi va chiptachilarning tana haroratini tekshirish, tibbiy niqob va qo‘lqopda ishlashi belgilangan. Toshkent shahrida mavjud bo‘lgan 32 ta avtoshoxbekatlarda har bir qatnovdan keyin avtobus salonlarini dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Metropoliten dezinfeksiya tunellari, teplovizorlar, antiseptiklar bilan ta’minlangan. Har 3 soatda vagonlarni, har bir metro bekatini esa kun davomida 4 marta dezinfeksiyadan o‘tkazish belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют