» » Superliga. OKMK songgi daqiqalardagi gollar evaziga Lokomotiv ustidan irodali galabani qolga kiritdi

Superliga. OKMK songgi daqiqalardagi gollar evaziga Lokomotiv ustidan irodali galabani qolga kiritdi


Futbol boyicha Coca-Cola Superliga 10-turida OKMK va Lokomotiv jamoalari 17-avgust, dushanba kuni ozaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida OKMK darvozaboni Suhrob Sultonov jarima maydoniga oshirib berilgan topni oz darvozasiga kiritib qoydi. Biroq, ikkinchi bolimda Mirjalol Qosimov shogirdlari uchta top bilan javob qaytardi.

47-daqiqada Yovan Jokich hisobni tenglashtirdi. Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda 88-daqiqada Zafar Polvonov yaqin masofadan bosh qolgan darvozani ishgol qildi. Hakam tomonidan qoshib berilgan vaqtda Jasur Umarov olmaliqliklarning qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa ushbu galabadan keyin OKMK ochkolarini 24 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Olmaliq klubi ushbu turda oz oyinini otkazmagan Paxtakorni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.Lokomotiv (12) esa 8-orinda qoldi.

Coca-Cola Superliga

10-tur bahsi

17-avgust, dushanba

Gollar: 0:1 36, avtogol Sultonov, 1:1 47 Jokich, 2:1 88 Polvonov, 3:1 90+1 Umarov.

OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov (Shahzod Nurmatov, 84), Dilshod Jorayev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Mirgiyos Sulaymonov, 84), Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov, 46 (Jasur Umarov, 90)), Arslonmurat Amanov (Murod Toshmatov, 74), Zafar Polvonov, Hojimat Erkinov.

Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin (Ibrohim Ganixonov, 74), Marat Bikmayev, Temurxoja Abduxoliqov, Avazbek Olmasaliyev, Javohir Alijonov (Davron Umirov, 60), Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.

Ogohlantirish: Qosimov (66).

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (17-08-2020, 21:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -