» » AQShda odamlar bilan quchoqlashishni yaxshi ko‘radigan retriver yashaydi. Uning Instagram’da 190 ming folloveri bor (foto)

AQShda odamlar bilan quchoqlashishni yaxshi ko‘radigan retriver yashaydi. Uning Instagram’da 190 ming folloveri bor (foto)


Kuchuklar qaysi xususiyatga ko‘ra do‘st tanlashi insonlarga noma’lum. Ammo ular kimnidir yoqtirib qolsa, bu tuyg‘uning kuchini yashirishning sira ham iloji yo‘q. Barchani do‘stidek qabul qiluvchi Lubuten (yaqinlari uchun shunchaki Lubi) deyarli har bir yo‘lovchiga muloyim munosabatda bo‘ladi, ularga mehr ko‘rsatadi.

Uning egasi Sezar Fernandez-Chavezning so‘zlariga ko‘ra, har kuni kechki payt kuchugi Lubining mehribonligi tufayli soatlab sayr qiladi. Lubi begona odamlarni ko‘rganda ham quchoqlashish uchun yugurib boradi va xuddi insonlar kabi qo‘llarini zanjirdek o‘tkazib quchoqlaydi. Uning ajoyib xatti-harakati tufayli Lubi ushbu mintaqa aholisidan “quchoqlovchi kuchuk” laqabini olgan. Bu juda ajoyib manzara — insonlar qancha shoshilmasin mehribon hayvonning quchog‘ini rad eta olmaydi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Lubi quchoqlaganidan keyin insonlar o‘zini biroz baxtli his etadi. Lubini taniydiganlar ko‘pincha unga “baxt miqdor”ini olish va muammolar yukidan xalos bo‘lish uchun murojaat qiladi.

Lubuten Instagram olamida anchagina tanilgan. Hatto 190 mingdan ortiq kuzatuvchi Lubining sahifasiga a’zo bo‘lgan. Ular kuchukning hayotini qiziqish bilan kuzatib boradi. Shuningdek, bir nechta mahalliy nashrlar Lubi haqida yozganidan so‘ng uni uy hayvonlariga bag‘ishlangan turli tadbir va konferensiyalarga taklif eta boshlashdi.

View this post on Instagram

Repost via @mariateresalauria Thank you @louboutinanyc meeting you and your wonderful daddy was the experience of a lifetime...your energy is healing and you feel the heart with joy. There is something magic in you...I had a dream and so much fun with you!!!How lucky to have met you and daddy! You welcomed me like old good friends! ???? . . . . . . #???? #?? #italy #nyc #kiss #girls #happy #instagramdogs #dogstagram #dogsofinstagram #dog #smile #omg #love #hugs #thehuggingdog #sweet #pet #adorable #cute #cuteness #cutenessoverload #photooftheday #picoftheday #puppy #follow #followme #goldenretriever #goldensofinstagram #louboutinanyc

A post shared by Louboutina (Loubie) (@louboutinanyc) on

“Quchoqlovchi kuchuk” o‘zini terapevtlikda ham sinab ko‘rdi va uning ajoyib fazilatlari bu kasbga juda mos keldi. Xalqaro shifokorlar kunida Lubi barcha shifokorlar va hamshiralarni quchoqlab, ularga bir necha daqiqalik baxt ulashish uchun mahalliy shifoxonalarni aylanib chiqdi. Nyu-Yorkning ko‘plab aholisi uchun shaharda koronavirus epidemiyasi boshlangan qiyin bir paytda Lubi umidning ramziga aylanib qoldi.

View this post on Instagram

???? White coats saving lives! ?????????????????????? We are so happy we brought some pet therapy to our hard working doctors at @mountsinai_bethisrael today. Your smiles and welcoming were everything! ???? Thanks to all our doctors all around the world!! . . . #doctors #healing #love #pettherapy #therapy #whitecoat #pupper #thehuggingdog #louboutinanyc

A post shared by Louboutina (Loubie) (@louboutinanyc) on

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют