» » O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ishga tushganicha yo‘q, ota-onalarga esa farzandlarini ishga olib bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ishga tushganicha yo‘q, ota-onalarga esa farzandlarini ishga olib bormaslik tavsiya qilindi


Karantin qoidalariga rioya qilinmaslik oqibatida koronavirus farzandga yuqsa, bola ham kasallikni og‘ir darajada kechirishi mumkin. Bu haqda 17-avgust, dushanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga karshi kurash shtabi a’zosi, professor Sevara Ubaydullayeva aytib o‘tdi.

Brifingda Sevara Ubaydullayeva ota-onalar imkon qadar farzandlarini o‘zi bilan birga ishga olib bormasligini tavsiya etdi.

“Kasallik tez tarqalayotgan bugungi kunda biz va farzandlarimiz uchun eng xavfsiz hudud — bu o‘z xonadonlarimizdir. Agarda uyingizda yoshi kattalar bo‘lsa, ularga bolani qoldirib, ishga chiqqaningz ma’qul. Ishda odamlar bilan ko‘p muloqotda bo‘lsangiz, o‘zingiz ham karantin va shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy rioya qilishingiz talab etiladi. Bolalar kasallikni yengilroq kechirishi mumkinligi aytilmoqda. Lekin karantin qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida farzandingizga virus ko‘p miqdorda yuqsa, bola ham kasallikni og‘ir darajada kechirishi mumkin”, — dedi mutaxassis.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15-avgustdan boshlab O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari va markazlari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilgan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qachondan ish boshlashiga oydinlik kiritilmagan.

Xalq ta’limi vazirligi maktablar qachon ochilishi haqida yakuniy qarorni maxsus komissiya tomonidan chiqarilishi va komissiya qarori yaqin orada chiqishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют