» » Ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar ratsioniga kungaboqar pistasini qo‘shishi uchun 3 sabab

Ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar ratsioniga kungaboqar pistasini qo‘shishi uchun 3 sabab


Kungaboqar pistalari hamma uchun tanish va sevimli mahsulot. Ko‘pincha ular alohida yegulik sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek, pishiriq va shirinliklarda ham undan unumli foydalaniladi. Xususiyatiga ko‘ra, ushbu o‘simlik oqsil, yog‘lar, foydali vitamin va minerallarga boy. Lekin qanday qilib pista magizlari vazn tashlashda yordam berishi mumkin, degan savollar paydo bo‘lishi mumkin, hozir bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin.

Ochlik bilan kurashishda yordam beradi

Kunboqar pistalari juda to‘yimli mahsulot. Uning tarkibida protein (oqsil moddalar) va organizm uchun zarur bo‘lgan 21 xil vitamin va minerallar mavjud. Shuningdek, 28 gramm pistada kunlik E vitaminining 49 foizi mavjud. Natijada pistalar oshqozonni to‘qlik tuyg‘usi bilan ta’minlaydi, ochlik bilan kurashishda samarali yordam beradi. Bu esa ovqatlanish jarayonida kamroq yegulik iste’mol qilishga yordam beradi.

Mushak massasini to‘plashga yordam beradi

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tanasida mushak massasi yuqori bo‘lgan odamlar hatto dam olayotganida ham ko‘proq kaloriya sarflaydi, ya’ni tezroq vazn tashlaydi. Kam kaloriyali parhezda esa tashlangan vaznning 35 foizini mushaklar massasi tashkil etadi. Shuning uchun vazn yo‘qotganda mushaklarning holatini yaxshi saqlab qolish uchun ko‘proq protein (oqsil moddalar) qabul qilish kerak. Bunda kungaboqar pistalari, albatta, yordam beradi. Masalan, mahsulotning 10 grammida 2 gramm protein moddasi mavjud. Demak, kunlik protein miqdoriga ega bo‘lish uchun salatlarga ham kungaboqar pistasini qo‘shish mumkin.

Parhezga rioya qilishda yordam beradi

Muvaffaqiyatli parhez — tanaffuslarsiz o‘tadigan parhezdir. Buni amalga oshirish qiyin, lekin kungaboqar pistalari bilan ancha oson. Ularda bir qancha foydali sertolalar mavjud bo‘lib, qabul qilingandan so‘ng organizmga joylashadi. Bu esa yana ochlik hissini kamaytiradi. Shuning uchun ushbu mahsulot qo‘shilgan taom faqat foydaga xizmat qiladi.

Kungaboqar pistalarini o‘zini alohida, shirinliklar tarkibida, salatlar bilan birga yoki boshqa yong‘oqlarga aralashtirib iste’mol qilinsa, kun davomida qo‘shimcha kuch va quvvat beradi. E’tiborli jihati shuki, uning tarkibi juda ko‘p yog‘ va vitaminlarga boy. Pistaning bir hovuchida esa organizm uchun yetarli kaloriya bor, kun davomida shu me’yorni oshirmaslik tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют