» » Namanganda YPX postidan yarim kiloga yaqin gashish giyohvand moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namanganda YPX postidan yarim kiloga yaqin gashish giyohvand moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan YPX nazorat maskanidan gashish giyohvand moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar beradi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 12-avgust kuni soat 21:00 da Namangan shahrida joylashgan “Angor” YPX nazorat maskanida Namangan—Pop yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan fuqaro A.K.ga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 39 yoshli T.T.ning o‘rindig‘i tagidan, qora rangli polietilen paket parchasiga o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli, sof og‘irligi 482,62 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida T.T. mazkur giyohvandlik vositasini 2 million so‘m haq evaziga Yangiqo‘rg‘on tuman markazida A. ismli shaxsdan Pop shahri markazida kutib turgan o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsga yetkazib berish uchun olib ketayotganligini bildirgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha T.T. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют