» » Avstraliyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord o‘rnatildi. Yangi Zelandiyada COVID-19 sababli parlament saylovi kechiktirildi

Avstraliyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord o‘rnatildi. Yangi Zelandiyada COVID-19 sababli parlament saylovi kechiktirildi


Avstraliyada koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlar soni bo‘yicha kunlik antirekord o‘rnatildi. Mamlakatda bir kunda 25 kishi kasallik qurboniga aylandi. Shu tariqa Avstraliyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 421 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Avstraliyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 289 ta yangi holat qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon Avstraliyada 23 576 kishida koronavirus aniqlangan, 14 080 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatda kasallikni aniqlash bo‘yicha jami 5,3 millionta test o‘tkazilgan.

Ayni paytda davolanayotganlarning 680 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 47 nafari og‘ir ahvolda. Yana 7758 kishi shifokorlar nazorati ostida uyda davolanmoqda.

Avstraliyadagi koronavirus bilan bog‘liq eng murakkab vaziyat ma’muriy markazi Melburn shahri bo‘lgan Viktoriya shtatida kuzatilmoqda. Mazkur hududga kasallanganlar umumiy sonining 70 foizi (17 047 kishi) to‘g‘ri kelmoqda. Shtatda 13-sentabrga qadar karantin e’lon qilingan, korxonalar, tashkilot va muassasalarning katta qismi yopilgan, barcha ta’lim muassasalari masofaviy ta’limga o‘tgan, aholiga zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqmaslik va majburiy tartibda niqob taqish tavsiya qilingan.

Melburnda komendantlik soati, keskin cheklov choralari va majburiy niqob taqish joriy qilingan. Supermarketlar, dorixonalar, chop etish agentliklari va spirtli ichimliklar sotuvchi maxsus do‘konlardan tashqari barcha chakana savdo do‘konlari yopilgan. Olib ketish va yetkazib berish xizmatlaridan tashqari barcha umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgan. Izolyatsiya qoidalarini buzganlik uchun 3529 dollar miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.

Avstraliyaga qo‘shni bo‘lgan Yangi Zelandiyada ham koronavirus qayta tarqalishni boshlagan. Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 19-sentabrga rejalashtirilgan umumiy parlament saylovi 17-oktabrga qoldirilganini ma’lum qildi.

Bosh vazirning qayd etishicha, bunday qarorga mamlakatda koronavirus qayta tarqala boshlagani sabab bo‘lgan.

Ardernning ta’kidlashicha, saylovni ko‘chirish masalasi siyosatchilar tomonidan muhokama qilingan va shundan keyin yakuniy qaror qabul qilingan.

Yangi Zelandiyada 11-avgust kuni so‘nggi 102 kun ichida birinchi marta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilgan. Bir oilaning to‘rt nafar a’zosida kasallik aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15—16-avgust kunlari kasallanish bilan bog‘liq 29 ta yangi holat qayd etilgan. Yangi Zelandiyada pandemiya boshidan buyon koronavirus bilan kasallanganlar soni 1631 kishiga yetgan. Ayni paytda 78 kishi kasallikdan davolanmoqda. Yangi aniqlangan bemorlarning 58 nafari mamlakat ichida kasallangan, 20 nafari esa xorijdan kelgan. Bemorlarning besh nafari kasalxonaga yotqizilgan, 86 kishi kasallik tasdiqlangunigacha karantinga joylashtirilgan. Shu paytga qadar kasallanganlarning 22 nafari vafot etgan, 1531 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

12-avgustdan boshlab Yangi Zelandiya fuqarolariga ijtimoiy masofa saqlash, begonalar bilan jismoniy aloqani cheklash tavsiya qilingan. Ommaviy tadbirlar ishtirokchilari soni 100 kishi bilan chegaralangan.

Mamlakat poytaxti Oklend shahrida qattiqroq karantin choralari joriy qilingan. Shahar aholisiga uyda qolish, ijtimoiy masofa saqlash hamda ko‘chalarda va jamoat joylarida imkon qadar niqob taqish tavsiya qilingan. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yopilgan, o‘quv muassasalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan. Ommaviy tadbirlar bekor qilingan yoki ishtirokchilar soni 10 kishi bilan cheklangan. Shaharga kirish va chiqish politsiya tomonidan to‘silgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют