O‘zbekistonda 17-avgust kuni 598 kishida koronavirus aniqlandi. 22 kun ichida birinchi marta kasallanganlar soni 600 dan pasaydi
O‘zbekistonda 16-avgust soat 23:30 dan 17-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 598 ta holat qayd etildi. 26-iyuldan so‘ng kunlik kasallanish holatlari biron marta 600 dan pasaymagandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinish soni 35927 nafarga yetdi.
Yangi kasallangan 598 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
Kun davomida faqat 5 ta hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi.
Toshkent shahrida 407 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining 17 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—17-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 7168 ta yangi holat aniqlandi. Poytaxtda aniqlangan kasallanish holatlari 21791 taga yetdi. Bu 147 ta holat bilan eng kam kasallanish holati qayd etilgan hudud bo‘lib turgan Jizzax viloyatida aniqlangan bemorlar sonidan 148 baravar ko‘p deganidir.
SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Vafot etganlarning 3 nafari ayol va 3 nafari esa erkak.
Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli D.T. ismli ayol vafot etgan.
Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 59 yoshli G.Ch. ismli ayol vafot etgan.
Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. ismli erkak vafot etgan.
To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. ismli ayol vafot etgan.
Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashagan 75 yoshli T.Yu. ismli erkak vafot etgan.
Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli R.I. ismli erkak vafot etgan.
Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 232 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 241 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.
Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4109 nafar bemordan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
17-avgust kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 607 nafari sog‘aydi. Oxirgi 19 kun ichida 18-marta bir kunda sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.
Yangi tuzalganlarning
Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.
Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35927 nafar bemordan 31580 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha ketma-ket to‘rtinchi kun rekord yangilanmoqda. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich 87 foizni tashkil etayotgandi.
Xabar to‘ldirilmoqda
Manba: Daryo.uz