» » “Inter” “Shaxtyor”ga javobsiz 5 ta gol urib, Yevropa Ligasi finaliga chiqdi (video)

“Inter” “Shaxtyor”ga javobsiz 5 ta gol urib, Yevropa Ligasi finaliga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalida “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari 17-avgust, dushanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv kutilganidek milanliklarning ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham aks etdi. 19-daqiqada Lautaro Martines raqib himoyasidagi xatodan unumli foydalanib hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin milanliklar yana to‘rt bor “konchilar” darvozasini ishg‘ol qildi.

64-daqiqada Danilo D`Ambrozio burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirgan bo‘lsa, o‘n daqiqa o‘tib Lautaro yana bir bor himoyadagi xatoni gol bilan jazoladi.

O‘yin yakunlanishi arafasida Romelu Lukaku ikki bor raqib darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.

Shu tariqa Antonio Konte jamoasi musobaqa finaliga chiqdi va bosh sovrin uchun “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.

Yevropa Ligasi

? final bahsi

17-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 19 Martines, 2:0 – 64 D`Ambrozio, 3:0 – 74 Martines, 4:0 – 78 Lukaku, 5:0 – 83 Lukaku.

“Inter”: Handanovich, Yang (Biragi, 66), Bastoni, Godin, D`Ambrozio (Mozes, 81), Barella, Galyardini, Brozovich (Sensi, 85), de Vrey, Lukaku (Espozito, 85), Martines (Eriksen, 81).

“Shaxtyor”: Pyatov, Matviyenko, Xocholava, Krivsov, Dodo, Marlos (Konoplyanka, 75), Markos Antonio, Tayson, Stepanenko, Alan Patrik (Solomon, 59), Morayes.

Ogohlantirish: Tayson (58).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют