» » O‘zbekistonda 11 ta tibbiyot OTMlariga bakalavriat uchun 6025 nafar, magistraturaga 1377 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 11 ta tibbiyot OTMlariga bakalavriat uchun 6025 nafar, magistraturaga 1377 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 11 ta oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yilida davlat buyurtmasiga ko‘ra, bakalavriatga jami 6025 nafar (shundan 2598 nafari davlat granti, 3427 nafari kontrakt asosida), magistraturaga esa jami 1377 nafar, (291 nafari davlat granti, 1086 nafari kontrakt) o‘qishga qabul qilish parametrlari belgilangan. Bu haqda SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilgan.

Bakalavriat va magistraturada 6025 ta hamda 1377 ta yangi talabalik kvotalarining 11 ta tibbiyot oliygohi bo‘yicha taqsimoti:

Magistratura bo‘yicha:

2020-yilda O‘zbekistondagi 91 ta oliy ta’lim muassasasida bakalavriatga 1 million 484 ming nafar (2019-yilga nisbatan 417 mingta (39 foiz)ga ko‘p) abituriyent hujjat topshirib, bir o‘ringa o‘rtacha 10,6 nafar abituriyent to‘g‘ri kelmoqda. Magistraturaga esa 72 ta oliy ta’lim muassasasiga 78 ming 720 nafar (2019-yilga nisbatan 53,5 ming nafar) abituriyent hujjat topshirgan.

Barcha oliy ta’lim muassasalari kabi tibbiyot oliygohlariga kirish uchun topshiriladigan test sinovlari epidemiologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlar va boshqa tanlangan maydonlarda 2020-yilning 2-sentabridan boshlanadi.

SSV axborotida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni hamda bir talabalik o‘rniga necha kishi da’vogarlik qilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlangan, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) vaqt ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют