» » Ispaniya Qirollik uyi Xuan Karlosning qaysi davlatga ko‘chib ketgani haqida ma’lumot berdi

Ispaniya Qirollik uyi Xuan Karlosning qaysi davlatga ko‘chib ketgani haqida ma’lumot berdi


Ispaniya Qirollik uyi avgust oyida mamlakatni tark etgani xabar qilingan sobiq qirol Xuan Karlosning BAA hududida yashayotganini ma’lum qildi.

“Don Xuan Karlos janobi oliylari qirol Felipe VI zoti oliylarining oilasiga 3-avgustdan Birlashgan Arab Amirliklarida yashay boshlaganini bildirgan”, – deyiladi xabarda.

Bungacha Ispaniya sobiq qirolining qayerda ekani yuzasidan rasmiy axborot berilmay kelayotgandi. OAVda Xuan Karlosning Portugaliya yoki Dominikan Respublikasida ekani taxmin qilingan, keyinchalik qirol Felipe VI ning otasi BAAda bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlari tarqalgandi.

O‘tgan haftada Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches monarx Xuan Karlosning qayerda ekani yuzasidan berilgan savolga javob berishni istamagan va bu Qirollik uyining maxfiy ma’lumoti ekanini bildirgan.

Xuan Karlosning Ispaniyadan boshqa joyga ko‘chishi to‘g‘risida 3-avgustda rasman ma’lum qilingan va ushbu voqea Saudiya Arabistoni qirolligidan Makka hamda Madina oralig‘idagi qurilishga ispan temiryo‘l qurilishi kompaniyalarini jalb qilish uchun pora olish bilan bog‘liq mojaroga aloqadorligi aytilgandi. Oliy sud prokuraturasi bu borada tergov olib bormoqda va rasmiy ayblov e’lon qilinmagan.

Xuan Karlosning advokatlari uning zarurat tug‘ilsa, sudda ko‘rsatma berishga tayyorligini qayd etgan.

Mavzuga doir: Tarixiy foto: Elchi Gulnora Karimova Ispaniya qiroli Xuan Karlos qabulida

Xuan Karlos 2014-yil iyun oyida o‘g‘li Felipe VI taxtga o‘tirishi uchun o‘z vakolatlaridan voz kechgan. Mart oyida Felipe VI otasining qirollik uyi budjeti mablag‘larini sarf qilish imkonidan mahrum qilgan, shuningdek, merosdan ham voz kechgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют