» » Xiaomi’ning ulkan televizori sutkalik savdolar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Xiaomi’ning ulkan televizori sutkalik savdolar bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Xiaomi kompaniyaning iste’mol elektronikasi bozoridagi faoliyatiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan savdolar to‘g‘risidagi hisoboti bilan bo‘lishdi. Taqdim etilgan raqamlarga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi bir sutka ichida 1660 dan ortiq Redmi Smart TV Max 98 televizorlarini sotishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Gizmochina.

“98 dyuymli televizor modeli oyiga 100 dona hajmda sotilayotgan edi, biroq endilikda Redmi uni kuniga 1000 dan oshirishga muvaffaq bo‘lgan”, — deyiladi kompaniyaning Weibo’dagi blogida. Xiaomi’dagilarning ta’kidlashicha, ular katta formatdagi premium televizorni ommalashtirishga erishgan.

Aftidan Redmi Smart TV Max 98’ning ommalashishi uning narxiga bog‘liq — 2940 dollar. Bu boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu turdagi mahsulotlaridan sezilarli darajada arzon hisoblanadi.

Redmi Smart TV Max 98 televizorining diagonali 2,5 metrga yetadi, uning o‘lchami qariyb stol tennisiniki bilan teng. Model uchun maxsus protsessor yaratilgan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 192 ta dinamik yoritgichlar va sifatni yaxshilovchi qator texnologiyalarni boshqaradi — bu esa ulkan ekrandagi tasvir sifatini ta’minlaydi.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi Mi TV LUX Transparent Edition nomli shaffof televizorini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi hamyonbop smartfon narxidagi televizorni sotuvga chiqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют