» » Afsonaviy rok-musiqachi Erik Klepton o‘zining Ferrari 599 GTB avtomobilini sotuvga qo‘ydi

Afsonaviy rok-musiqachi Erik Klepton o‘zining Ferrari 599 GTB avtomobilini sotuvga qo‘ydi


Afsonaviy rok-gitarachi va kompozitor Erik Klepton o‘zining Ferrari 599 GTB mashinasini sotuvga qo‘ydi. Ikki eshikka ega 13 yoshli mashina hozirga qadar 38 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, musiqachi uni 89,9 ming funtga sotmoqchi. Avtomobil savdosi bilan Londondagi GVE saloni shug‘ullanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Erik Klepton Ferrari modellari ishqibozi ekanligi bilan tanilgan — 75 yoshli blyuz-rokerning garajidan italyan markasining o‘nlab modellari o‘rin olgan, xususan, 1960-yillardagi klassik “gran turizmo” ham. Biroq musiqachi Ferrari 599 GTB bilan xayrlashishga qaror qilgan, uning muxlislarida esa “o‘z tarixiga ega” avtomobilni xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

2007-yilda ishlab chiqarilgan “Berlinetta”ga muntazam texnik xizmat ko‘rsatilgan va ajoyib holatda saqlangan. Kuzov hamda 20 dyuymli g‘ildiraklar Nero Daytona Black rangiga bo‘yalgan, interyeri esa yorqin jigarrang Castoror Light Brown charmi bilan qoplangan. Kleptonga tegishli Ferrari’ning o‘ziga xosligi — sariq supportlarga ega uglerod-keramikali tormozlar, BOSE Hi-Fi audiotizimi, elektron boshqariluvchi o‘rindiqlar.

Mashina kapoti ostida quvvati 620 ot kuchiga teng 5999 santimetr kubli V12 dvigateli o‘rin olgan bo‘lib, u 6 pog‘onali Ferrari F1 “robot” transmissiyasi yordamida boshqariladi.

Ferrari 599 GTB — Erik Klepton tomonidan so‘nggi oylarda sotuvga qo‘yilgan ikkinchi superkar hisoblanadi. Yaqinda musiqachi o‘zining Lamborghini Gallardo Superleggera’sini 125 ming funt sterlingga sotgan edi.

Avvalroq Gollivud aktyori Silvestr Stallone o‘zining shaxsiy Cadillac Escalade yo‘ltanlamasini 350 ming dollar evaziga sotuvga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yagona nusxada yaratilgan Slash sportkari sotuvga qo‘yildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют