» » Aktrisa Maryam Uzerli ishtirokidagi eng yaxshi seriallar (foto)

Aktrisa Maryam Uzerli ishtirokidagi eng yaxshi seriallar (foto)


Asli Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan, Berlin, Gamburg va Kassel teatrlarida rol o‘ynagan aktrisa Maryam Uzerli 2011-yilda efirga uzatilgan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram roli bilan mashhur bo‘lgan. Quyida aktrisa ishtirokidagi eng yaxshi seriallar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

“Kecha malikasi” (2016)

Bu serial Maryam Uzerli va Murat Yildirim kabi taniqli aktyorlar ishtiroki bilan juda mashhur bo‘lgan. Serialning dastlabki nomi “Jasorat” keyin “Sevgi hidi” va oxiri “Kechaning malikasi” nomiga o‘zgartirilgan.

Voqealar go‘zal qiz Shirin va bir vaqtning o‘zida unga oshiq bo‘lgan ikki erkak o‘rtasida rivojlanadi. Vaziyat oddiy va qiyin emas. Erkaklardan birining ismi Aziz. Uning ayoli o‘g‘lini dunyoga keltirayotganda vafot etadi. Aziz esa xotiniga bo‘lgan muhabbati tufayli hayotiga yangi ayolning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo Shiringa bir ko‘rishdan oshiq bo‘lib qoladi. Sujet juda qiziqarli va birinchi qismdayoq tomoshabinni o‘ziga jalb etadi.

“Jingez Rejay” (2017)

Aktrisaga ushbu kartinada Kenan Imirzalio‘g‘li partnyor bo‘lgan. Jangovar va komik voqealarga boy bo‘lishiga qaramay, serial juda katta cho‘qqiga erishmadi.

Sujet yo‘lto‘sar Rejay atrofida aylanadi. Uni hamma oliyjanob o‘g‘ri deb ataydi. U yo‘lto‘sarlar guruhiga kirgan va turli xil o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanadi. Maryam Uzerlining bu kartinadagi ishtiroki yanada kulgili va qiziqarli.

“Boshqa tomon”

Filmda bosh rollarni Maryam Uzerli, O‘zjan Deniz va Asli Enver ijro etgan.

O‘zjanning sobiq sevgilisi Sara unga boshqa shaharga ko‘chib o‘tishni taklif qiladi. Natijada O‘zjan va uning hozirgi sevgilisi Eje birgalikda ko‘chadi. Ammo Sara O‘zjanga qayta erishish uchun shunday reja tuzganini bilgan Eje izsiz yo‘qoladi. Sujet qiziqarli bo‘lishiga qaramay juda chigal. 

“Muhtasham yuz yil”

Tarixiy dalillarga asoslangan, eng yaxshi tanlangan aktyorlarga va ajoyib sujetga ega muvaffaqiyatli serial. Aynan Xurram sulton roli aktrisa Maryam Uzerliga mashhurlik olib kelgan.

“Onamning yarasi”

Bu film 2016-yilda suratga olingan. Bosh rollarni Okan Yalabik, Meryem Uzerli, O‘zan Guven, Mehmet Ergenlar ijro etgan.

Film yetimxonani tashlab, fermaga ishga kirgan Solih ismli yetim bola haqida hikoya qiladi. Aslida bola ota-onasini topishga, ular haqidagi haqiqatni bilishga harakat qiladi. Maryam Uzerlining bu filmdagi obrazi uning ijodidagi eng takrorlanmas rollardan biridir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют