» » AQShda harakatlanib ketayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi

AQShda harakatlanib ketayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi


Amerikaning Tennessi shtatida harakatlanayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi. Bu haqda The Charlotte Observer nashri Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish agentligiga tayanib xabar beradi.

Ed Laynberger Tennessi shtatining Kingston shahridagi Uotts Bar ko‘li yaqinida mashina boshqarib ketayotgan edi. To‘satdan uning mashinasiga osmondan oq olabug‘a balig‘i tushdi.

Baliq boshi bilan mashinaning bamperiga yopishib qolgan. Mashina buzilgan yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Yovvoyi tabiat agentligi burgut u bilan o‘lja talashgan boshqa qush tufayli baliqni tushirib yuborgan, deb taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют