» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Yirik hisobda g‘alaba qozondik, ammo xatolar ko‘p bo‘ldi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Yirik hisobda g‘alaba qozondik, ammo xatolar ko‘p bo‘ldi”


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan o‘yindan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uch ochko qo‘lga kiritdik. 3:0 hisobida g‘alaba qozonganimiz bilan birga ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. O‘yinni yaxshi boshladik, vaziyatlar ham yaratdik. 2:0 hisobida oldinga o‘tib olgach, to‘p nazoratini yo‘qotdik. Lekin oxirida raqib ko‘proq hujumga e’tibor qaratgani bois uchinchi golni urdik.

Faysal Traore? Uni tayyorlab boramiz. U-21 jamoasida yomon o‘ynagani yo‘q. Hali yosh futbolchi, universal — o‘ngda ham, chapda ham o‘ynay oladi, chap qanot himoyada ham harakat qila oladi. Undan keyingi o‘yinlarda foydalanishga harakat qilamiz.

O‘yin ikkala jamoada ham kamchiliklar borligin ko‘rsatdi. Chunki o‘yin tempi juda ham past bo‘ldi. Avgust oyidagi ketma-ket o‘yinlar — bu xuddi kichik bir musobaqadek gap, maksimal tarzda ochko to‘plashga intilamiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

Mazkur g‘alabadan keyin “Nasaf” 19 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda. Qarshiliklar 21-avgust kuni 11-turda “Paxtakor” bilan bahs yuritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют