» » Turkmaniston prezidenti nima sababdan Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamadi?

Turkmaniston prezidenti nima sababdan Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamadi?


Turkmanistonning rasmiy OAVlari Belarusda sodir bo‘layotgan voqealar haqida hech qanday ma’lumotlarni taqdim etmayapti. Shu bilan birga, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik saylovlarida g‘alabaga erishgan Aleksandr Lukashenkoni tabriklamagan MDH davlatlari orasidagi yagona prezident bo‘lib qolmoqda, deb yozadi Tengrinews.

Rossiyalik jurnalist Arkadiy Dubnovning fikricha, Berdimuhamedov Lukashenkoni Turkmaniston va Belarus o‘rtasidagi keng ko‘lamli moliyaviy bahslar sabab tabriklashga shoshmagan.

Prezidentlar o‘rtasidagi munosabatning buzilishiga Belarus kompaniyasi tomonidan Garlikda qurilgan o‘g‘itlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod kutilgan natijani bermagani sabab bo‘lgan.

Qiymati 1,1 milliard dollar turadigan “Garlik” zavodi 2017-yilning martida ishga tushirilgan bo‘lib, uni qurish ishlari 2009-yilning yozida boshlangan edi. O‘shanda turkman OAVlari mamlakat har yili Xitoy va Hindistonga 1,2 million tonna o‘g‘it eksport qilishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqatgan.

Turkmaniston tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvaridan sentabriga qadar “Garlik” zavodida jami 24,2 ming tonna kaliy o‘g‘itli ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich zavodning yillik ishlab chiqarish quvvatini 2 foizini tashkil etadi.

“Biroq keyinchalik turkman ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlar va Belarus OAVlarida tarqalgan turli xil xabarlarga qaramay, zavoddagi vaziyat va ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirish to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berish zarur deb topmadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют