» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda barpo etilayotgan Sharof Rashidov xiyoboni bilan tanishdi. Xiyobon 2017-yil noyabrida ochiladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda barpo etilayotgan Sharof Rashidov xiyoboni bilan tanishdi. Xiyobon 2017-yil noyabrida ochiladi


Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyobonini barpo etish loyihalari ham namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 18-noyabrda Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash, u kishi tug‘ilib o‘sgan Jizzax zaminida yodgorlik majmuasi barpo etish taklifini bildirgan edi.

Bu tashabbusning ijobati sifatida Jizzax tumani Sharof Rashidov tumani deb nomlandi. 2017-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Bugungi kunda bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda”, — deb yozadi O‘zA. Jizzax shahrida Sharof Rashidov xiyoboni barpo etilmoqda. Bu yerda Sharof Rashidov haykali o‘rnatilib, atrofida bog‘ yaratiladi. Ushbu xiyobon shu yil noyabr oyida ochiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют