» » Foto: Hindistonning mashhur “Qasos o‘ti” filmi aktyorlari 32 yil ichida qanday o‘zgardi?

Foto: Hindistonning mashhur “Qasos o‘ti” filmi aktyorlari 32 yil ichida qanday o‘zgardi?


Hind kinoijodkorlari  1988-yilda Avstraliyaning “Edemga qaytish” seriali remeyki bo‘lgan “Qasos o‘ti”ni taqdim qilgan. Zamonasida yetarlicha mashhurlikka erishgan film qahramonlar hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Lisa.ru shu haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Rekha — Arti Saksena (Joti)

Asl simi Bxanurekha Ganeshan bo‘lgan aktrisa, aktyorlar oilasida dunyoga kelgani sabab ham erta suratga tusha boshlagan. Bo‘lajak aktrisa 14 yoshida maktabni tashlagan va styuardessa bo‘lish orzusidan voz kechib, kino olamiga qadam qo‘ygan. Ish va tinimsiz suratga tushish sabab Rekha bolaligidan erta ajralgan. Biroq mahorati va tinimsiz mehnati sabab Bollivudning eng taniqli aktrisalaridan biriga aylangan. “Qasos o‘ti”da rol ijro qilguniga qadar o‘nga yaqin filmda suratga tushib ulgurgan. Ammo aynan mazkur filmdan keyin u dunyo tomoshabinlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Filmda Rekha otasi va erining o‘limidan keyin ikki farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayol rolini ijro qilgan. Aktrisa bundan tashqari, “Boylik va kambag‘allik”, “Sen yolg‘iz emassan”, “Oq va qora”, “Kama Sutra: sevgi tarixi” va yana bir qancha filmlarda suratga tushgan. 65 yosh bo‘lishiga qaramay, eng talabgir aktrisalardan biri sanalgan Rekha bugungi kunda ham suratga tushishda davom etmoqda.

Shunga qaramasdan, uning shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizliklar limmo-lim. 1970-yillarda aktrisaning oilali Amitabh Bachchan bilan bo‘lgan munosabatlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan, bir necha yillik uchrashuvlar aktyorning hammasiga nuqta qo‘yib, oilasiga qaytmagunicha davom etgan. 1990-yilda Rekha biznesmen Mukesh Agarvala bilan turmush qurgan, ammo bu munosabatlar ikki yilga ham bormagan. Turmush o‘rtog‘i u Amerikada suratga olish maydonchasida ekanida o‘z joniga qasd qilgan. Ushbu fojiadan keyin aktrisa qayta turmushga chiqishni istamagan. Bugungi kunda Rekha shahar tashqarisidagi uyida jiyani bilan birga yashaydi.

Kabir Bedi — Sanjay Varma

Kabir Bedi siyosatchilar oilasida dunyoga kelgan. Kabir yaxshi ta’limga ega bo‘lganidan keyin tarix bo‘yicha faoliyatini davom ettirishni istagan, lekin reklama agentlaridan suratga tushish uchun bo‘lgan taklif hammasini o‘zgartirib yuborgan. Ushbu suratga olingan rolik kinoteatrda filmlar orasidagi tanaffusda ko‘rsatilishi rejissorlar e’tiboridan chetda qolmagan. Avvaliga teatrda suratga tushgan, keyin bo‘lsa kinoga qadam qo‘ygan. U nafaqat Bollivud filmlarida suratga tushgan, balki Yevropa hamda Amerika kinoijodkorlari bilan ham hamkorlik qilishga muvaffaq bo‘lgan. “Qasos o‘ti” premyerasiga qadar Amerikaning “Sakkizoyoq”, “Qotillikni u yozgan” va “Tog‘lik” filmlarida suratga tushib ulgurgan. “Qasos o‘ti”da u boylikka erishish maqsadida beva ayolni sevgisiga erishishga harakat qilgan salbiy qahramon rolini ijro qilgan.

Aktyor to‘rt marta turmush qurgan. Birinchi va ikkinchi rafiqasi model bo‘lgan. Ikkinchi turmushidan o‘g‘illi bo‘lgan va farzandi ham katta bo‘lib otasi kasbni afzal bilgan. Uchinchi rafiqasi bilan 13 yil yashab ajrashganidan keyin 2016-yilda to‘rtinchi marta uylangan.

Sonu Valiya — Nandini

Model sifatida faoliyatini boshlagan Soniya 1985-yilda “Hindiston go‘zali” deb topilgan. Shundan keyin unga filmda suratga tushishga takliflar kelib tusha boshlagan va u “Qasos o‘ti” filmida esda qolarli rollardan birini gavdalantirishga muvaffaq bo‘lgan. Soniya filmda Sanjayning maqsadiga erishishga yordam berish uchun dugonasiga xiyonat qiladigan Nandini rolini ijro qilgan. Ushbu roli sabab u “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” deb topilgan?. Uning arsenalida “Xo‘rlangan ayolning onasi”, “Jallod”, “Uka” va boshqa yana bir qancha filmlarni ko‘rish mumkin. So‘nggi vaqtda aktrisa ijodida ijodiy chekinish kuzatilmoqda. Valiya biznesmen Suriya Prakash bilan turmush qurgan, ammo farzandining otasi hayotdan ko‘z yumgan.

Shatrugxan Sinxa — Jey Di

Karyerasini 1969-yilda boshlagan Shatrugxan uchun 80-yillar omadli kelgan. Ayniqsa, “Qasos o‘ti”da jonlantirgan suratchi Jey Di roli unga muvaffaqiyat olib kelgan. Filmda u erining xiyonatidan keyin plastik operatsiya qildirib o‘zini Joti deb atay boshlagan bosh qahramon Artini sevadi.

Yana o‘nlab filmlarda suratga tushgan Sinxa keyinchalik ijodni tashlab siyosat bilan shug‘ullana boshlaydi. Aktyor rafiqasi Punam Chandramani va uch farzandi bilan baxtli hayot kechirib keladi. Sinxaning kichik qizi ota kasbni tanlagan va aktrisa sifatida yaxshi ma’lum.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют