» » Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Davlat maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlashi yuzasidan sanitariya-me’yor qoidalari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda AOKA zalida tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov ma’lum qildi.

“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda sanitariya-me’yor qoidalari ishlab chiqilmoqda. Bu me’yorlar shu kunlarda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilyapti. Ekspertizadan o‘tkazilgach, bajarilishi umummajburiy hisoblangan me’yorlar belgilab berilgan, ularga amal qilgan holda ushbu muassasalar faoliyatiga ruxsat beramiz”, — deydi mutaxassis.

Ikromov maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlash ushbu tashkilotlarning faoliyatini tezroq yo‘lga qo‘yish yoki hisobot uchun emas, balki bolalarni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, ularning karantin sharoitidagi ruhiyatidagi o‘zgarishlarni bartaraf etish bilan bog‘liqligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “1—4 va 11-sinflar 2-sentabrdan, 3—7 va 9-sinflar 20-oktabrdan, 5—8 va 10-sinflar 5-noyabrdan maktabga borishi” haqida aytilgan bo‘lsa, yana birida “10-sentabrgacha maktablar ochilishiga ko‘rsatma berilgani” haqida xabar tarqalgan, Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova uni rad etgan, vazirlik 2020/2021-o‘quv yili uchun 3 ta ssenariy ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют