» » Amerikalik biznesmen davlat tomonidan ajratilgan yordam puliga Kia Stinger va yaxta sotib oldi

Amerikalik biznesmen davlat tomonidan ajratilgan yordam puliga Kia Stinger va yaxta sotib oldi


Yana bir amerikalik fuqaro davlat tomonidan o‘ziga ajratilgan yordam pulini boshqa maqsadlarda sarflab yubordi. Xodimlariga 1,5 million dollar maosh to‘lash o‘rniga bisnesmen Kia Stinger, yaxta va uy sotib olgan, deb xabar beradi Motor.

Vashington shtatida istiqomat qiluvchi 41 yoshli Kennet Gogan hukumatdan 1,5 million dollar miqdorida kompensatsiya pulini olgan. Tadbirkor ushbu pullarni koronavirus pandemiyasi vaqtida qiyin ahvolda qolgan o‘z xodimlariga maosh sifatida to‘lab berishi kerak bo‘lgan. Biroq erkak pullarni boshqa maqsadda sarflashga qaror qilgan.

Qalbaki hujjatlar va bank kartalari yordamida Kennet barcha mablag‘ni o‘z nomini rasmiylashtirib, xodimlariga bir sent ham to‘lamagan. Biznesmen bir nechta kompaniya nomidan ariza berib, barch pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Firibgar o‘g‘irlangan pullarning 46 ming dollariga Kia Stinger xarid qilgan. Bundan tashqari, erkak 300 ming dollarlik yaxta hamda 1,13 million dollarlik uy ham sotib olgan.

Biroq u hukumatdan uzoq yashirinib yura olmadi. Tez orada AQSh Adliya vazirligi biznesmenni elektron mablag‘lardan foydalanib, bank firibgarligini amalga oshirish va “pul yuvish”da ayblagan. Sportkar va yaxta musodara qilingan. Ko‘chmas mulkni ham xuddi shu kabi qismat kutmoqda.

Iyul oxirlarida Mayamida istiqomat qiluvchi Devid T.Xayns ismli tadbirkor davlat tomonidan koronavirus epidemiyasi sharoitida tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yordam dasturi doirasida ajratilgan pullar evaziga 2020-yilda ishlab chiqarilgan Lamborghini Huracan sportkarini sotib olgani, endilikda u 30 yilga qamalishi va katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют