» » Huawei noodatiy ikkinchi ekranga ega smartfon ishlab chiqaradi

Huawei noodatiy ikkinchi ekranga ega smartfon ishlab chiqaradi


Huawei o‘zining yangi mahsulotini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. LetsGoDigital nashri kompaniyaning korpus orqa qismida qo‘shimcha ekranga ega bo‘ladigan smartfoni patenti bilan bo‘lishdi.

Patent uchun ariza 2020-yilning boshlarida berilgan, biroq hujjat avgust o‘rtalariga kelibgina e’lon qilingan. Potensial qurilmada qo‘shimcha displey asosiy kamera moduli yoki uning ostida joylashishi kerak.

Kompaniyaning dastlabki chizmalariga ko‘ra, qo‘shimga ekranga ega smartfon dizayni Huawei P40 lineykasidan deyarli farq qilmaydi. Shu bilan birga, displey joylashuvining yana bir variantiga ko‘ra, u to‘rtta kamera datchigini ikki guruhga ajratadi.

Patentdagi barcha chizmalarda displey faqat vaqtni ko‘rsatgan. Biroq ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ekran foydalanuvchiga boshqa masalalarda ham yordam berishi mumkin.

Avvalroq Xiaomi ekrani o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq “aylana oladigan” noodatiy dizaynga ega yangi smartfon yaratish ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют