» » 17-avgustni Toshkent shahri kuni deb belgilash taklif etildi

17-avgustni Toshkent shahri kuni deb belgilash taklif etildi


Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17-avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etdi.

“17-avgust – Toshkentning poytaxt sifatida tavallud kuni. Shahar kunini belgilash haqida gap-so‘zlar anchadan beri yuradi – Toshkent hanuz o‘z bayramiga ega emas”, — deyiladi kengash xabarida.

Bayramni 17-avgustga yaqin yakshanba kundan boshlab har yili keng nishonlash taklif etildi. Ta'kidlanishicha, taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston poytaxti 90 yil oldin, 1930-yil 17-avgustda Samarqanddan Toshkentga o‘tkazilgandi. O‘zbekiston Sotsialistik Respublikasi Sovetlar markaziy ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, poytaxt almashinishining sababi asosiy paxta yetishtirish va sanoat hududi – Farg‘ona vodiysiga yaqinligini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvini optimillashtirish bo‘lgan.

Qayd etish lozimki, Samarqand, Farg‘ona, Olmaliq va boshqa shaharlarda ham shahar kuni keng nishonlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют