» » Germaniyada ustaxonaga ega hashamatli avtouy taqdim etildi (foto)

Germaniyada ustaxonaga ega hashamatli avtouy taqdim etildi (foto)


Germaniyaning avtouylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Unicat kompaniyasi yashash zonasi va ustaxonaga mo‘ljallangan ikki o‘qli WT69 modulini taqdim etdi. Simmetrik tirgak uzoq sayohatlarga chiqish bilan birga, avtopoygalarda ko‘chma ta’mirlash zonasi sifatida ham foyda beradi, deb yozadi Motor.

Ikki o‘qli ustaxona-tirkamaning uzunligi 7 metrni, eni esa — 2,5 metrni tashkil etadi. Harakatlanuvchi modul kuzovi shisha plastikdan ishlangan. Tirkamaga har birining sig‘imi 400 litrga teng ikkita yoqilg‘i baki qotirilgan bo‘lib, ulardan biri yashash zonasini isitishga mo‘ljallangan. Kemperga yo‘ltanlamas rezinalarga ega 20 dyuymli g‘ildiraklar “kiydirilgan”. Bundan tashqari, g‘ildiraklar ustidagi uyning tom qismiga yorug‘lik diodli machta va quyosh batareyalari o‘rnatilgan.

Harakatlanuvchi tirkamaning yashash modulidan beshta karovat o‘rin olgan bo‘lib, ulardan biri transformatsiyalanadi, shuningdek, 32 dyuymli televizor va simsiz internet ham bor. Bundan tashqari, oshxonaga gaz plitasi, muzlatkich va idish-tovoqlar jamlanmasi joylashtirilgan. Avtouy ichidan dush kabinasi, hojatxona va sig‘imi 60 hamda 200 litrga teng issiq suv idishlari mavjud.

Shu bilan birga, tirkama maxsus ustaxona bilan jihozlangan bo‘lib, muhandislar u yerga ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan barcha narsalarni joylashtirgan. Masalan, ish zonasida zaxira generatori, elektr va pnevmatik uskunalar, shuningdek, payvandlash apparatlari va ishlatiladigan materillarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lmali ish stoli ham mavjud.

Avvalroq “AvtoVAZ” mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Moskvadagi Lux Form kompaniyasi Lada 4x4 (“VIS-2346”) bazasida yaratilgan avtouyni taqdim etgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют