» » Xiaomi “uchtasi birda” fonarini taqdim etdi

Xiaomi “uchtasi birda” fonarini taqdim etdi


Xiaomi smartfonlar va “aqlli” televizorlar bozoriga kirmaydigan navbatdagi gadjetini taqdim etdi. Bu safar Xitoy giganti “uchtasi birda” funksiyasi ega Wiha fonarini ishlab chiqardi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Fonar uch xil rejimda ishlay oladi: standart, ultrabinafsha va lazer ko‘rsatkich. Asosiy rejimda ikkita yorqin yorug‘lik dioddan foydalaniladi — maksimal yoritish uzoqligi 65 metr. Fonar resursi nafaqat karavot ostida, balki kechasi tabiat qo‘ynida yo‘qotib qo‘yilgan buyumlarni qidirishga ham yetadi.

Qurilma korpusining pastki qismiga kuchli magnit o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida fonarni temir yuzaga qotirib qo‘yish mumkin — bu esa kechasi shosseda qolib ketgan avtomobil kapotini “chuqalash”da yordam beradi. Fonar ultrabinafsha nurlarni qo‘llab-quvvatlagani sabab undan fluoressent ranglarni belgilash vositasi va turli xil narsalarni qayd etishda foydalanish mumkin.

Wiha yuqori bardoshli qotishmadan tayyorlangan va zarurat tug‘ilganida uning yordamida avtomobil oynasi urib sindirish mumkin. Qurilma IPX4 standarti bilan himoyalangani sabab u suv o‘tkazmaydi. Fonar uchta AAA-batareyalari yordamida quvvatlanadi, og‘irligi 252 gramm.

Xiaomi Wiha 36,5 dollar narxida sotuvga chiqqani aytilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют