» » Buxorolik mansabdor 7 yil oldin olgan porasini qaytarayotgan paytida qo‘lga olindi

Buxorolik mansabdor 7 yil oldin olgan porasini qaytarayotgan paytida qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Kogon tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan mansabdor yetti yil oldin olgan porasini qaytarayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayni kunda tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan J.K. Kogon tuman hokimligining tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan paytida fuqaroga yer olib berish va buning uchun hokim qarorini chiqartirish uchun 6 million 400 ming so‘m pora olgan.

Biroq aytilgan va’da yetti yil davomida ham bajarilmagach, fuqaro mansabdordan pulni qaytarishini talab qilgan. Va bu haqda huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.

Fuqaro arizasiga ko‘ra, 2020-yilning 14-avgust kuni DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Mansabdor 6 million 400 ming so‘m poraning 5 million so‘mini haydovchisi orqali fuqaro T.I.ga qaytarib berayotgan vaqtida DXX va departament xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют