» » Mirobodda mast haydovchi boshqaruvidagi Spark’ning beton to‘siqqa urilishi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Mirobodda mast haydovchi boshqaruvidagi Spark’ning beton to‘siqqa urilishi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi


Toshkent shahar Mirobod tumanida tunda Spark mashinasini boshqarib ketayotgan mast haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17-avgust kuni, taxminan, soat 02:50 da Mirobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida 36 yoshli A.M. mast holatda Spark rusumli avtomobilini boshqarib, boshqaruvni eplay olmasdan beton to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Avtomobil yo‘lovchisi, 32 yoshli F.S. olgan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Surxondaryoda Spark va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki oylik chaqaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют