» » O‘zbekistonning Ozarbayjondagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonov Ilhom Aliyevga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonov Ilhom Aliyevga ishonch yorlig‘ini topshirdi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 18-avgust, seshanba kuni O‘zbekistonning mazkur mamlakatdagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonovdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston elchisi Ozarbayjon prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirgan. Shundan keyin elchi va prezident o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi sababli Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilingan. Ilhom Aliyev epidemiologik vaziyat imkon berishi bilan O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ilhom Aliyev Armaniston va Ozarbayjon chegarasida 12-iyulda yuzaga kelgan mojaro sababli Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi doirasida tegishli bayonotlar qabul qilinishini a’zo davlat sifatida qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov 2020-yilning 14-aprel kuni Toshkentdan Bokuga yetib borgandi.

Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 1994-yilda AQShdagi Kentukki universitetini tamomlagan.

U 2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, 2018-yil sentabr oyidan 2019-yil fevraligacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, 2019-yilning fevral oyidan sentabrga qadar moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2019-yilning sentabr oyidan 2020-yil mart oyiga qadar Bahrom Ashrafxonov Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют