» » Ichki ishlar vazirligi kirish imtihonlari bo‘ladigan obyektlar haqida hududlar kesimida ma’lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi kirish imtihonlari bo‘ladigan obyektlar haqida hududlar kesimida ma’lumot berdi


AOKA zalida tashkil etilgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov kirish imtihonlari bo‘ladigan obyektlar haqida ma’lumot berdi.

1 million 361 ming 473 nafar abituriyent qatnashishi ko‘zda tutilgan test sinovlari O‘zbekiston bo‘yicha jami 40 ta stadionda tashkil etiladi:

Test o‘tkaziladigan aniq manzillar qo‘shimcha ravishda OAV orqali e’lon qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari ikki smenada stadionlarda o‘tkaziladi

91 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallarda ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 2-sentabr kunidan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich: soat 08:00 dan boshlanadi va 3 soat davom etadi.

2-bosqich: soat 17:00 dan boshlanadi va 3 soat davom etadi.

Testda jami ishtirok etishi kutilmoqda.

Stadionlarga kirish alohida joriy qilingan nazorat o‘tkazish postlari orqali tashkil etiladi. Hududda postlarga olib keluvchi yo‘nalishni ko‘rsatuvchi alohida va qulay yo‘llanmalar qo‘yiladi. Dezinfeksiya yo‘laklari qo‘yish, ishtirokchilarning tana haroratini o‘lchash va antiseptik vositalar bilan ta’minlash ishlari bajariladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi video kuzatuv kameralar bilan jihozlanadi.

Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, taransport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etilishi ta’kidlandi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuch ishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.

Shuningdek, G‘iyosov, 30-avgust kunidan boshlab, test hujjatlari Davlat feldyegerlik xizmati mas’ul xodimlari bilan belgilangan manzillargacha patrul avtomashinalarida, maxsus vositalar bilan ta’minlangan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kuzatib borilishini ham ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют