» » Aktrisa, xonanda, yozuvchi. Priyanka Chopra haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 12 fakt

Aktrisa, xonanda, yozuvchi. Priyanka Chopra haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 12 fakt


Hind yulduzi Priyanka Chopra, mahorati va go‘zal qiyofasi bilan nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham esda qolarli rollari bilan yaxshi ma’lum. Eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lgan Priyanka haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

1. Aktrisa ilk bor “Baza Kuantiko” serialining kastingida ishtirok etgan. Bunga qadar o‘nga yaqin filmda suratga tushgan bo‘lsa ham ularning hech biriga kasting orqali qabul qilinmagan. 2000-yil “Dunyo go‘zali” deb topilgani, keyin esa ijro mahorati sabab boshqa filmlarga ham taklif qilingan va kastingga hojat bo‘lmagan. Shu sabab aktrisa kastingdan avval qattiq hayajonlangan. Ammo 50 ga yaqin filmda suratga tushganini eslab, o‘zini qo‘lga olgan va rolni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

View this post on Instagram

????

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on

2. Priyanka, Amerika serialida suratga tushgan ilk Bollivud aktrisasi.

3. U 2013-yilda, Disney’ning “Samolyotlar” multfilmidagi Ishani qahramoniga ovoz bergan.

4. Priyanka onasi bilan birga Purple Pebble Pictures kino kompaniyasiga egalik qiladi. Kompaniya kam budjetli film suratga olishga ixtisoslashgan bo‘lib, yosh ssenariy mualliflari, rejissor, texnik xodimlar o‘zini tanitishiga yordam beradi.

View this post on Instagram

#GoldenGlobes2020 ???? @nickjonas

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on

5. Chopra xonim nafaqat aktrisa, balki xonanda sifatida ham ma’lum.

6. Bundan tashqari, taniqli gazeta va jurnallarda Priyankaning mualliflik maqolalari ham chop etiladi.

7. Priyanka memuar yozadi va karyera gullab-yashnagan, odamlar bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan voqealar bor vaqtda memuar yozish kerak deb biladi. Uning qalamiga mansub “Tugallanmagan” deb nomlangan memuar 2020-yilning so‘ngiga qadar taqdim qilinishi kutilmoqda.

8. Aktrisa xayriya ishlarida ham faol qatnashadi.

9. U uzoq vaqtdan buyon YuNISEFning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi.

10. Bollivud yulduzi, gersoginya Megan Markl bilan yaxshi do‘stona aloqada. Malika bilan ziyofatlardan birida tanishgan aktrisa, qirollik oilasi vakillarining nikoh marosimiga ham taklif qilingan.

11. 2016-yilda u Hindistonning eng yuksak mukofotlaridan biri bo‘lgan “Padma Shri”ni qo‘lga kiritgan.

12. Priyankaning I Can’t Make You Love Me nomli uncha mashhur bo‘lmagan qo‘shig‘iga olingan klipda, aktyor Maylo Ventimilya suratga tushgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют