» » Lukashenko muxolifatning muvofiqlashtirish kengashini tuzishini hukumatni egallashga bo‘lgan urinish deb baholadi

Lukashenko muxolifatning muvofiqlashtirish kengashini tuzishini hukumatni egallashga bo‘lgan urinish deb baholadi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifatning muvofiqlashtirish kengashini tuzishini hukumatni egallashga bo‘lgan urinish deb baholamoqda. “Tut.by” uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

“Kam yoki ko‘p darajada ularga boshqaruvni topshirish talab qilinadi. Buni men hukumatni egallash maqsadida qilingan harakat deb baholayman”, — degan Lukashenko.

Belarus davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kengash tarkibiga hukumatni tark etgan sobiq amaldorlar ham kirgan, deb xabar bergan Belarusdagi Yevropa radiosi.

“Kengashda o‘ta millatchi, ‘xo‘rlangan’ sobiq amaldorlar yig‘ilgan”, — deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan radiostansiyaning Telegram kanali.

Mavzuga doir: Turkmaniston prezidenti nima sababdan Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklamadi?

Belarus MSK bergan ma’lumot bo‘yicha, muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya prezidentlik saylovlarida Lukashenkodan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. U hukumat transferini amalga oshirish maqsadida 2020-yil 14-avgustda muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganini ma’lum qilgan.

Kengash tarkibiga fuqarolik jamiyatining vakillari, o‘z ishining ustalari, obro‘-e’tiborga ega, mashhur belaruslar kiritiladi.

Kengash tarkibi 17-avgustda qisman shakllantirilgan. Unga adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan Svetlana Alekseyevich, “Vesna” huquq himoyachilari markazi rahbari Ales Belyatskiy, Svetlana Tixanovskaya hamda Viktor Babrikoning saylovchilar shtablariga a’zo bo‘lgan faollar kirgan.

Avval Kanada va Irlandiyaning Belarusdagi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganini tan olishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Chekinmas belaruslar. 17-avgustning asosiy voqealari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют