» » Britaniyalik mashhur qo‘shiqchining pushti “barbimobili”ni hech kim sotib olishni istamayapti

Britaniyalik mashhur qo‘shiqchining pushti “barbimobili”ni hech kim sotib olishni istamayapti


Buyuk Britaniyada qo‘shiqchi Keti Praysga tegishli Barbie uslubidagi Suzuki Vitara modeliga xaridor chiqmayapti. Mashina bir yil oldin sotuvga qo‘yilgan, biroq sotuvchi haqoratli izohlar sabab e’lonni olib tashlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘ltanlamasni “pushti majruh” deb atay boshlashgan, deb yozadi Motor.

So‘nggi yillarda pushti Vitara Praysning sobiq qaylig‘ining qarindoshlari uyi podyezdidagi yo‘lakda yotgan — qo‘shiqchi mashinani tashlab ketgan va uni qaytarib olib ketishga kelmagan. Yaqinda “barbimobil”ning norozi egalari uni evakuator yordamida Keti Praysning Susseksdagi uyiga yuborib, muammoni o‘zi hal etishini talab qilgan. Biroq mashhur qo‘shiqchi avtomobilni ta’mirlamasa kerak, chunki 2019-yilda u bankrotlikka uchragan va mast holda mashina haydagani uchun haydovchilik guvohnomasidan ayrilgan.

2002-yilda ishlab chiqarilgan Suzuki Vitara modeli Vatel Magic firmasi tomonidan “barbimobil”ga aylantirilgan. Yig‘ma matoli tomga ega uch eshikli yo‘ltanlamasga Barbie logotipi tushirilgan yorqin pushti vinil plyonka qoplangan, xuddi shu rangdagi diskalar o‘rnatilgan, o‘rindiqlarga esa sun’iy teri tortilgan. Keyinroq Valet Magic Praysni barter shartnomasini bajarmaganligi uchun sudga bergan.

2019-yilda “pushti majruh”ni eBay orqali sotishga urinishgan. Vitara narxi 1,5 ming funtga baholangan, biroq o‘sha vaqtda ham mashina jiddiy ta’mirtalab bo‘lgan. Savdolar vaqtida uning narxi 66 ming funtga qadar ko‘tarilgan, ammo sotuvchi salbiy izoh va baholar sabab auksion yakunlanishini kutmay, e’lonni olib tashlagan.

The Sun ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda “barbimobil”ni qayta tiklash uchun kamida 5 ming funt kerak bo‘ladi, biroq mashina endi hech kimga kerak emas.

Mavzuga doir: Jeyson Stetxemning garaji: Aktyor qanday avtomobillarni yaxshi ko‘radi? (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют