» » “Barselona” Kike Setyen ortidan Erik Abidalni ham ishdan oldi

“Barselona” Kike Setyen ortidan Erik Abidalni ham ishdan oldi


“Barselona” matbuot xizmati jamoa sport direktori Erik Abidalning ketishini ma’lum qildi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra amaldagi shartnomani bekor qilgan. Fransiyalik mutasaddi 2018-yildan buyon katalonlar klubida direktor lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq “Barselona” jamoa bosh murabbiyi Kike Setyenning iste’fosini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Abidal yil avvalida jamoa yetakchilari, xususan, Messi bilan yaxshi munosabatda emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Erik “Bavariya”ga uchralgan 2:8 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ham Kike Setyenni qo‘llab-quvvatlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют