» » Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi. Biroq u shifoxonada davolanmoqda

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar rad etildi. Biroq u shifoxonada davolanmoqda


Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Otajon Hamroyevning koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston SSV matbuot xizmati esa vazir koronavirus bilan kasallangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

“Kun.uz”ning yozishicha, vazir 18 kundan buyon davolanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Kallibek Xudaybergenovning xabar qilishicha, vazirga bo‘yin umurtqa grijasining og‘ir holati tashxisi qo‘yilgan.

“Vazir koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emas. Otajon Karimovichda bo‘yin umurtqasi grijasi bor va hozir davolanyapti. Bu kasallikdan faqat operatsiya yo‘li bilan forig‘ bo‘lish mumkin. Amaliyotni esa Nukusda qilishning iloji yo‘q. Karantin choralari ancha yumshatildi. Endi yo‘llar ochilsa, Toshkentda operatsiya bo‘lishi mumkin. Davlat ishida ishlaydigan shaxslarning ham kasal bo‘lishiga haqi bor. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak”, — deya ma’lum qilgan vazir o‘rinbosari.

Nashrning qayd etishicha, vazirning koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumotlarning tarqalishiga uning Musa Yerniyazov dafn marosimida qatnashmagani va shundan keyingi ish jarayonlaridagi yig‘ilishlarda ishtirok etmayotgani sabab bo‘lgan.

Vazir 18-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi oltinchi sessiyasida ham ishtirok etmagan.

Otajon Hamroyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan 2020-yil 13-may kuni sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan edi. Unda koronavirus 24-iyun kuni tasdiqlangan, bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan, biroq uning kasalligi 18-iyulga qadar yashirilgan edi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi, biroq Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Karim Kamolovning vafoti haqidagi gap-so‘zlar “hech qanday asosga ega emas”ligini ta’kidlab, viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanayotganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют