» » UFC afsonasi Jon Jons chempionlik kamaridan voz kechdi. U vazn toifasini o‘zgartirmoqda

UFC afsonasi Jon Jons chempionlik kamaridan voz kechdi. U vazn toifasini o‘zgartirmoqda


Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons og‘ir vazn divizioniga o‘tishini e’lon qildi.

“Hozirgina UFC bilan pozitiv suhbat bo‘lib o‘tdi. Og‘ir vazn toifasidagi jangim borasida muzokaralar bo‘lib o‘tadiganga o‘xshayapti. Yaxshi yangilik. Vazn yig‘ishni boshlayman”, — deydi Jons.

Shu tariqa umumiy reyting yetakchisi o‘rta og‘ir vazn chempionlik kamaridan voz kechadi.

Vakant kamar uchun esa Yan Blahovich va Dominik Reyes o‘zaro jang o‘tkazishi kutilmoqda. Yangi chempion nomini aniqlab beruvchi jang 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 253 musobaqasida o‘tkaziladi, deya xabar qilmoqda insayder Brett Okamoto.

Ma’lumot uchun, Jon Jons professional faoliyati davomida 28 jang o‘tkazib, shularning 26 tasida g‘alaba qozongan. 1 bor imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, uning ishtirokidagi yana 1 ta jang natijasi bekor qilgan.

Jon Jons ishtirokidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 144) ( 0) ( 142) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют