» » Bosh oshpaz sirlari: turli taomlar uchun yog‘lar tanlaymiz

Bosh oshpaz sirlari: turli taomlar uchun yog‘lar tanlaymiz


Ma’lum bo‘lishicha, yog‘larni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash hatto eng yaxshi tayyorlash usullarini ham buzib qo‘yishi mumkin ekan. Yog‘larni qo‘llash usullari shunchalik ko‘pki, ularning hammasini esda saqlab qolish juda qiyin. Shuning uchun, eng yaxshisi ularni yozib olganingiz ma’qul.

Bugungi kunda urf bo‘lgan bu yog‘ tansiq hisoblanadi, buning ustiga teri va sochlar holatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kokos yog‘i tarkibidagi moylar osongina energiyaga aylanadi va bu modda almashinuvini tezlashtiradi, natijada esa vaznni kamaytiradi.  Mashhur tayyorlash usullaridagi ko‘plab zararli yog‘larni kokos yog‘i bilan almashtirish mumkin. O‘rtacha haroratda qovurishda kokos yog‘i juda mos keladi va bu qovurilayotgan oziq-ovqatlarga o‘ziga xos maza qo‘shadi.

Bu tozalanmagan yog‘ – o‘ziga xos ta’m va ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun O‘rtayer dengizi taomlarining asosiy masallig‘i hisoblanadi. Ekstra virjin yog‘iga boshqa zaytun yog‘laridan farqli ravishda issiqlik va kimyoviy ishlov berilmagan, shuning uchun uning tarkibi vitaminlar va foydali minerallarga juda boy. Undan foydalanishda issiqlik harorati rejimiga rioya qilish kerak, chunki u yuqori haroratda ko‘plab foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Avokado yog‘i, kam uchrashiga qaramasdan hamma yog‘lar ichida eng har tomonlama hisoblanadi. U urug‘idan emas, balki mevasidan ajratib olinadi. U yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega, yurak-tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi va bosimni me’yorlashtiradi. Avokado yog‘i yuqori haroratga chidamli bo‘lgani uchun deyarli hamma ovqatlarni tayyorlashda ishlatish mumkin, shuningdek undan mayonez tayyorlasa ham bo‘ladi.

Manba: “Steaklovers.menu”

Опубликовано: admin (27-04-2017, 19:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют