» » O‘zbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonalarga ogohlantirish berildi

O‘zbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonalarga ogohlantirish berildi


O‘zbekistonda COVID-19’ni davolashga ishlatiladigan dori narxlari va ularning tanqisligini o‘rganish jarayonida 3000 dan ortiq dorixonalar rahbarlari va xodimlariga rasmiy ogohlantirish berildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.

2020-yilning 20-iyulidan 12-avgustiga qadar 500 ga yaqin dorixonalarda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan agentlik tomonidan monitoring kuzatuvlari o‘tkazilgan.

Kuzatuvlarga ko‘ra, dorixonalarda quyidagi dori vositalari mavjud emasligi aniqlangan:

Respublika bo‘yicha o‘rganilgan dorixonalarning 14 tasi (Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari)da Umifenovir (virusga qarshi vosita) tarkibli “Arbidol” (Rossiya) va “Arpeflyu” (Belarus) dori vositasi mavjudligi hamda ularning qoldiq zaxirasi kamligi (605 quti) qayd etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, aholi talabi yuqori bo‘lgan ayrim dori vositalari dorixonalardan tashqarida va boshqa yo‘llar bilan qimmat narxlarda sotilmoqda. Jumladan, “Plakvenil” (gidroksixloroxin) kabi dori vositasi dorixonalardan tashqarida 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa (barcha xarajatlar va savdo ustamalari bilan qo‘shib hisoblanganda eng yuqori chakana narxi 410 ming so‘mdan oshmasligi kerak), chakana narxi 405 ming so‘mdan oshmasligi lozim bo‘lgan “Kleksan” (enoksaparin) 4000 XA ME dozali dori vositasi dorixonalar va undan tashqarida 2,4 million so‘mgacha narxlarda sotilmoqda. Belarusda ishlab chiqarilgan “Geparin” dori vositasi ham dorixonalarda qutisi uchun 400 ming so‘mdan realizatsiya qilinmoqda, uning cheklangan chakana narxi 135 ming so‘mni tashkil etadi.

Agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 30 ta dorixonada o‘tkazilgan tekshirishlar davomida quyidagilar aniqlangan:

Shuningdek, olib borilgan monitoring natijasida dori vositalarini tovar chekisiz sotish holatlari ham aniqlangan. Dorixonalar aksariyat holatlarda dori vositalari narxlarini yashirish maqsadida tovar chekini bermayotganligi kuzatilmoqda. Bu o‘z navbatida dori vositalarini qimmat narxlarda sotish holatlarini aniqlashni qiyinlashtirmoqda.

Agentlik barcha iste’molchilarga dorixona xodimidan dori vositalarini sotib olishdan oldin muvofiqlik sertifikatini talab qilish huquqiga ekanliklari, shuningdek, nazorat-kassa va tovar cheki berishni talab qilish zarurligini eslatib o‘tdi.

Iste’molchilik huquqlari buzilgan fuqarolar agentlikning 1159 qisqa raqamli ishonch telefoni, “www.consumer.uz” veb-sayti yoki “info@consumer.uz” elektron manziliga murojaat yuborishi mumkin.

Avvalroq Toshkentdagi 1562 ta dorixona rahbari narx-navoni asossiz oshirmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirilgani, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlarda hozirda talab keskin ortgan va dorixonalarda topish qiyin bo‘lgan “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentning bir nechta tumanlarida “Arbidol” va “Ergoferon”ni noqonuniy ravishda qimmat sotayotganlar ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют